Ovozli AI operator · 24/7

Mijoz tilidagaplashadiganAI operator

Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, buyurtma olish va mijozlar xizmati — bitta platformada. Brauzerda sinab, telefon liniyasiga ulang.

3 daqiqaUlanish vaqti
Jonli ovozTabiiy muloqot
O‘zbekchaLokal sheva va nomlar
24/7Uzluksiz xizmat
Sinab ko‘ring

AI operator bilan hoziroq gaplashing

Ismingiz va raqamingizni qoldiring — shu yerning o‘zida, brauzer orqali sun’iy intellekt operatorimiz bilan gaplashasiz: o‘zbek, rus, tojik, qirg‘iz yoki qoraqalpoq tilida — qaysi tilda gapirsangiz, shu tilda. Savol bering, bahslashing, sinab ko‘ring — mijozlaringiz aynan shunday suhbatni eshitadi.

Brauzerda, mikrofon orqali · Bepul · Suhbat 5 daqiqagacha · 24/7

Yoki hozir tinglang

Namunani tanlang
  • Klassik lavash yigirma besh ming so‘m, pishloqlisi o‘ttiz ming. Qaysi birini olasiz?Maqsuda · o‘zbekcha
  • Klassik lavash yigirma besh ming so‘m, pishloqlisi o‘ttiz ming. Qaysi birini olasiz?Erkin · o‘zbekcha

Bir xil gap har bir tilda — ayol va erkak ovozida. Tilni tanlang va tinglang.

Tillar

Har bir tilda — ona tilidagidek

Model o‘zbek tilida o‘rgatilgan: sheva, xalq tilidagi manzil va nomlarni tushunadi. Rus, tojik, qirg‘iz va qoraqalpoq tillarida ham gaplashadi — mijoz qaysi tilda gapirsa, shu tilda javob beradi.

O‘zbekchaAsosiy til
РусскийIshlaydi
ТоҷикӣIshlaydi
КыргызчаIshlaydi
QaraqalpaqshaIshlaydi
ҚазақшаTez orada
Bitta qo‘ng‘iroq

Salomdan buyurtmagacha — operator aralashuvisiz

AI menyu va narxlarni kabinetingizdagi ma’lumotdan oladi, mijozga takrorlab tasdiqlatadi va buyurtmani o‘zi tizimga kiritadi.

  1. ErgeNext

    Assalomu alaykum! Bingo center, sizni eshitaman.

  2. Mijoz

    Salom, ikkita pishloqli lavash bormi?

  3. ErgeNext

    Bor, albatta — bittasi o‘ttiz ming so‘m. Ichimlik ham olasizmi?

  4. Mijoz

    Yo‘q. Chilonzor, to‘qqizinchi kvartal, o‘n ikkinchi uy.

  5. ErgeNext

    Ikkita pishloqli lavash, Chilonzor 9-kvartal, 12-uy. Jami oltmish ming so‘m. Tasdiqlaymi?

  6. Mijoz

    Ha.

  7. Buyurtma A-101 yaratildi · eng yaqin filialga yuborildi

  8. ErgeNext

    Qabul qilindi! Qirq daqiqada yetib boradi. Yoqimli ishtaha!

Qanday ishlaydi?

Biznesingizga mos ovozli yordamchi

Texnik murakkabliklarsiz: qaysi jarayonni avtomatlashtirmoqchisiz — shuni tanlang.

01

Mijoz qo‘ng‘iroq qiladi

AI darhol javob beradi — navbat yo‘q, kutish yo‘q.

02

Mijoz tilini tushunadi

Tabiiy suhbat: mahsulot, manzil va vaqtni aniqlaydi.

03

Buyurtmani rasmiylashtiradi

Narxni aytadi, tasdiqlaydi va tizimga kiritadi.

04

Filialga biriktiradi

Manzilni geokodlab, eng yaqin filialga yo‘naltiradi.

Nima olasiz?

Qo‘shimcha dasturlar kerak emas

Agent, mijozlar, taomnoma va qo‘ng‘iroqlar — bitta qulay kabinetda boshqariladi.

01

Mijoz bilan erkin muloqot

Ovozli AI

Telefonda tabiiy suhbat. Savollarga javob, taomnoma bo‘yicha maslahat, manzil va yetkazish vaqtini aniqlash.

02

Admin va Filiallar paneli

Boshqaruv

Barcha buyurtmalar real-time tartibda. Xarita ustida zonalar va filiallar, ko‘cha aliaslari va statistikalar.

03

Mahalliy ko‘cha nomlari

Geolokatsiya

Xalq tilidagi norasmiy manzil va laqablarni avtomatik rasmiy xarita koordinatalariga bog‘laydi.

04

Besh tilda gaplashadi

Tillar

Mijoz qaysi tilda gapirsa — o‘zbek, rus, tojik, qirg‘iz yoki qoraqalpoq — shu tilda javob beradi. Qozoq tili tez orada. Kabinet to‘rt tilda: o‘zbek (lotin va kirill), rus va ingliz.

Biznes va jarayon

Kimlar uchun va qanday boshlanadi?

Har qanday buyurtma va xizmat ko‘rsatish sohasiga mos — bir necha qadamda ishga tushiring.

Fast Food & Taom

Restoran va yetkazib berish

Qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, taomnoma tavsiya qilish, manzilni olib filialga biriktirish.

Menyu · filiallarga taqsimot · xarita
Mijozlar Xizmati

Call Center & Support

24/7 savollarga javob berish, buyurtma holatini tekshirish, shikoyat va takliflarni yozib olish.

FAQ · navbat · real-time monitoring
Xizmat Ko‘rsatish

Joy band qilish & Klinika

Vaqt belgilash, mijozga eslatma qo‘ng‘iroqlari, bekor qilish yoki vaqtni o‘zgartirish.

Jadval · eslatma · SMS
Savdo & Marketing

Aksiya va bildirishnomalar

Mijozlar ro‘yxati bo‘yicha avtomatik qo‘ng‘iroqlar — yangi taomlar va maxsus takliflar.

Kampaniyalar · ovozli xabarlar
Taqqoslash

Operator yoki ErgeNext?

Operatorlaringiz murakkab ishlar bilan band bo‘lsin — takrorlanadigan qo‘ng‘iroqlarni AI oladi.

Oddiy operatorErgeNext
Ish vaqtiSmena, dam olish va bayram kunlari24/7, har kuni
Javob berishBand bo‘lsa — mijoz kutadiDarhol, bir vaqtda bir nechta qo‘ng‘iroq
Menyu va narxlarYodlaydi, adashishi mumkinKabinetdagi ma’lumotdan aytadi, o‘ylab topmaydi
BuyurtmaQo‘ng‘iroqdan keyin qo‘lda kiritiladiSuhbat davomida avtomatik kiritiladi
ManzilXaritadan qo‘lda qidiriladiGeokodlanadi, eng yaqin filialga yuboriladi
XarajatMaosh, soliq, ish joyi, o‘qitishDaqiqasi 350 so‘mdan — faqat gaplashilgan vaqt
Foyda kalkulyatori

Oyiga qancha tejaysiz?

O‘z raqamlaringizni kiriting — hozirgi xarajatni ErgeNext narxi bilan solishtiramiz.

Operatorlar soni3
Bir operator xarajati / oy5 000 000
Kunlik qo‘ng‘iroqlar60
O‘rtacha suhbat, daqiqa1.5
Hozirgi xarajat15 000 000 so‘m
Kerakli daqiqalar / oy2 700
ErgeNext narxi1 130 000 so‘mo‘rtacha daqiqasi 419 so‘m + asosiy modullar
Tejash / oy13 870 000so‘m

Taxminiy hisob. Aniq narx qo‘ng‘iroqlar hajmi va sozlamalarga bog‘liq — menejerimiz hisoblab beradi.

Narxlar

Faqat kerakli narsaga to‘laysiz

Qat’iy tarif yo‘q: kerakli modullarni belgilang va faqat gaplashilgan daqiqa uchun to‘lang. Hajm oshgani sari daqiqa arzonlashadi.

Tez tanlash:

Har doim bepul: Sozlamalar, Foydalanuvchilar, Balans va tarif, Mijozlar, Filiallar.

0–1 000 daq450so‘m/daq
1 000–5 000 daq400so‘m/daq
5 000+ daq350so‘m/daq
Daqiqalar / oy2 000
Daqiqalar850 000 so‘mo‘rtacha 425 so‘m / daq
ModullarBepul2 ta modul
Oyiga jami850 000so‘m

Oy boshidan jami daqiqa qaysi pog‘onaga yetsa, keyingi daqiqalar o‘sha narxda. Yashirin to‘lov yo‘q.

Boshlash

To‘lov balansdan yechiladi: modullar oyiga bir marta, daqiqalar har qo‘ng‘iroqdan keyin. Modulni istalgan vaqtda yoqish yoki o‘chirish mumkin.

Yordam markazi

Ko‘p beriladigan savollar

Qisqa va aniq — barcha qiziqtirgan savollaringizga javoblar.

Agent qanday o‘zbek tilida gaplashadi?

O‘zimizning maxsus o‘zbek tilida o‘rgatilgan AI modeli orqali mijozlar bilan tabiiy ovozda muloqot qiladi va taomlarni tushunadi.

Telefon raqamni qanday ulaymiz?

O‘zbekiston SIP raqamlari orqali agentga ulanadi yoki SIM kartadan call-forwarding qilinadi.

Filiallar buyurtmani qanday ko‘radi?

Har bir filial o‘zining maxsus filial paneliga ega. Yangi buyurtma tushganda Supabase Realtime orqali avtomatik audio signal chalinadi.

Lokal ko‘cha nomlari qanday aniqlanadi?

Tizimda lokal ko‘cha laqablari/aliaslari bazasi mavjud. Agent mijoz aytgan norasmiy nomni xaritadagi rasmiy ko‘chaga aylantirib filialga biriktiradi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa

Platformani biznesingizga moslashtirib beramiz

24/7 rejimida ishlaydigan sun'iy intellekt operatorini 1 kunda ulash uchun ma'lumotlaringizni qoldiring.